MЮ Ispaniya terma jamoasi yetakchisini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
"Real Sosiedad" yarim himoyachisi Mikel Oyarsabal faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqida "FootballTransfers" nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining xizmatlariga ayni vaqtda "Manchester Yunayted" jamoasi qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" Oyarsabalni yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.Chunki "Sosiedad" qishda o‘z futbolchisini qo‘yib yuborish niyatida emas.
Xavbekning hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, ispaniyalik futbolchi joriy mavsum ispan klubi safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar