
MYu jamoadan ketmoqchi bo‘lgan futbolchisi bo‘yicha qaror chiqardi
Yarim himoyachi Kobbi Maynu yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar "Manchester Yunayted"ni tark etish istagini bildirdi. Yosh futbolchining bu qarorini tushunish mumkin, u ko‘proq o‘yin vaqti oladigan joyda bo‘lishni xohlaydi.
Shu bilan birga, "Manchester Yunayted" Maynuni qo‘yib yuborishga tayyor emas va uni kelajakda klub uchun muhim futbolchi bo‘ladi deb hisoblaydi. Bu haqda Manchester Evening News yozmoqda. "Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorimning fikricha, 20 yoshli yarim himoyachi o‘yinining ba’zi jihatlarini yaxshilashi kerak, shundan so‘ng u asosiy tarkibga kira oladi.
2025/2026-yilgi mavsumda Kobbi Maynu faqat bir marta Liga kubogi doirasida "Grimsbi Taun"ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar