MYu Kazemiroga o‘rinbosarni "Real"dan topdi
"Manchester Yunayted" 33 yoshli yarim himoyachi Kazemiro bilan shartnomani uzaytirmoqchi, biroq buni oddiyroq shartlarda amalga oshirmoqchi, braziliyalik futbolchi bunga rozi bo‘lmasligi mumkin. Shu bois "qizil iblislar" uning o‘rniga "Real" a’zosi Orelen Tchuamenini taklif qilmoqda. Bu haqda Defensa Central xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Madrid klubi "Tchuameni bo‘yicha takliflarni eshitish niyatida emas." "Qaymoqranglilar"ning ta’kidlashicha, frantsiyalik futbolchi o‘tgan mavsumga nisbatan sifatliroq o‘yin namoyish etmoqda. Ayni damda Tchuamenining transferi 90-100 mln evroga baholanmoqda - bu Evropaning yirik klublarini ham cho‘chitishi mumkin bo‘lgan summa.
Joriy mavsumda 25 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, ularda gol urmadi. Futbolchining klub bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 75 mln evroni tashkil etadi.



Fikrlar