MYu kutayotgan Jeydon Sancho kutilmagan ishga qo‘l urdi

  • 11.08.2020 15:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” olishga harakat qilayotgan Jeydon Sancho “Borussiya”da qolishi haqiqatga yaqin bo‘lib chiqdi. 

Dortmundliklarning sport direktori Mixael Tsork 20 yoshli angliyalik futbolchining shartnomasi 2023 yilning yozigacha uzaytirilganini ma’lum qildi.

- Sancho bizning kelajak rejalarimizdan joy olgan. O‘tgan yoz uning o‘sayotganiga guvoh bo‘lib, shunga yarasha maoshini ham oshirgan edik. Kelasi mavsumda ham u “Borussiya”da o‘ynaydi va bu borada qat’iy qarorga kelingan, - dedi Mixael Tsork.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!