MYu Niderlandiya terma jamoasi darvozaboniga qiziqib qoldi
"Manchester Yunayted" "Anderlext" darvozaboni Bart Verbryuggenga qiziqish bildirmoqda.
Mankunianliklar yangi mavsumda ispaniyalik darvozabon David De Xeaning kelajagi noaniq bo‘lib qolayotgani bois, aynan 20 yoshli niderlandiyalik posbon variantini ko‘rib chiqmoqda.
Aytish lozimki, Verbryuggen joriy yilning mart oyida ilk bor Niderlandiya terma jamoasiga chaqirildi.
Bart Verbryuggen Belgiya chempionatining joriy mavsumida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va shulardan 3 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.



Fikrlar