MYu Onana o‘rniga Jahon chempionini olib kelishi mumkin
"Manchester Yunayted" "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinesni 47 million evroga sotib olishi mumkin. Bu haqda jurnalist va insayder Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, kelishuv hali boshlang‘ich bosqichda. Martinesning o‘zi "qizil iblislar" safiga o‘tishga qiziqish bildirgan. Birmingem klubi argentinalik darvozabonning bu istagi amalga oshishi mumkinligini istisno qilmayapti. Shuningdek, "qizil iblislar" hali Andre Onana o‘rniga kimni olib kelishini aniq hal qilmagan.
Emiliano Martines 2020 yil kuzida "Arsenal"dan "Aston Villa"ga o‘tgan edi. yakuniga etgan mavsumda 32 yoshli posbon barcha musobaqalarda 53 o‘yin o‘tkazib, ularning 16 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi, Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Martinesning bozor qiymati 20 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar