MYu Pogbani sotmaydi, agar...
"Manchester "Yunayted" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbani sotishni rejalashtirmayapti.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar frantsiyalik futbolchining o‘zi jamoa rahbariyatidan transferga qo‘yishlarini talab qilmasa, "Manchester Yunayted" uning transferi borasida bildiriladigan har qanday taklifni rad etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pogbaga “Real” va “Yuventus” klublaridan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum MYu safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar