
MYu qimmatga xarid qilgan futbolchisi o‘ziga xos natijaga erishdi
"Manchester Yunayted" APLning 6-turi doirasida "Arsenal"ni mag‘lub etdi (3:1).
Hisobni “Manchester Yunayted”ning yangi futbolchisi Antoni ochdi. Bu uning “qizil iblislar” safidagi debyut o‘yinida kiritgan birinchi goli bo‘ldi.
“Opta” nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli hujumchi APLda o‘ynagan 100-braziliyalik futbolchiga aylandi. Shuningdek, u Tumanli Albionda gol urgan eng yosh (22 yosh, 192 kun) braziliyalik futbolchiga nomiga ham sazovar bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, yozgi transfer oynasi paytida “Manchester Yunayted” 100 million evro evaziga Antonini “Ayaks”dan xarid qilgan edi.
Fikrlar