MYu qishda nechta futbolchi sotib oladi?

  • 18 oktabr, 2019, 14:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher “qizil iblislar”ning yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridagi rejalari haqida gapirib o‘tdi.

“Klub bir yoki ikki nafar yangi futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda. Agar bu amalga oshsa, ajoyib bo‘lardi. Agar amalga oshmasa, u holda mening qo‘l ostimda bo‘lib turgan futbolchilar vaziyatni yaxshilash uchun maksimal darajada harakat qilishlari kerak”, - deydi norvegiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Manchester Yunayted” qishda “Yuventus”ning ikki futbolchisi – Mario Manjukich va Emre Janni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!