MYu rahbariyati bu futbolchiga ishonmoqda

  • 18 dekabr, 2021, 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Antoni Elangaga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, rahbariyat 19 yoshli shvetsiyalik futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan to‘liq qoniqmoqda va shuning uchun ham u bilan kelishuvni uzaytirmoqchi.

O‘z navbatida futbolchi ham "qizil iblislar" bilan hamkorlikni davom ettirish istagida. Shu sababli tomonlar o‘rtasida muzokaralar ortiqcha muammolarsiz ijobiy yakun topishi kutilmoqda.

Elanga "Manchester Yunayted"ning asosiy jamoasida 5 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!