
MYu rahbariyatining qarori qat’iy. Sulsherning o‘rniga kim kelishi esa...
"Manchester Yunayted" rahbariyati bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsherning o‘rniga yangi murabbiy qidirishni boshlab yubordi.
Manchester Evening News tarqatgan xabarga qaraganda, "Liverpul" (0:5) va "Manchester Siti"dan (0:2) uchralgan ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng klub rahbariyati ertami-kechmi Sulsherning o‘rniga boshqa murabbiy olib kelinishi kerakligiga amin bo‘lgan.
"Yunayted" rahbariyatiga “Ayaks” ustozi Erik ten Xag va Ispaniya terma jamoasi ustozi Luis Enrikening ish uslubi ma’qul kelmoqda. Ammo bu lavozimga asosiy nomzod "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers hisoblanadi.
Britaniyalik mutaxassisning "tulkilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan. Shu bois MYu Rojers uchun “Lester”ga yaxshigina tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar