MЮ rahbarlari Amorimga o‘rinbosar qidirishni boshlashdi
"Manchester Yunayted" rahbariyati bosh murabbiy Ruben Amorimning ishidan toqati toq bo‘lmoqda. "Qizil iblislar" bosslariga portugalialik mutaxassisning o‘yin tizimi tufayli jamoa raqib darvozasi oldida kam vaziyat yaratayotgani va borgan sari Chempionlar ligasi zonasidan ortda qolayotgani yoqmayapti. Bu haqida Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, mankunianliklar Amorimning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchi rejasini ishlab chiqishni boshlagan. "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligiga nomzodlar orasida Oliver Glasner ("Kristal Pelas"), Andoni Iraola ("Bornmut") va Xavi ("Barselona" sobiq ustozi) nomlari tilga olinmoqda.
Angliya chempionatining 19-turidan so‘ng "qizil iblislar" 30 ochko jamgarib, oltinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar