
MYu to‘purar hujumchi bilan kelishuvga erishdi
"Manchester Yunayted" Viktor Osimxen bilan futbolchining kelajakdagi maoshi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda "Tuttosport" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Manchester klubi futbolchini qo‘lga kiritish uchun harakatlarni davom ettirmoqda. Klub hatto uning vakillari bilan maosh masalasida ham kelishuvga erishgan. Futbolchini sotib olish uchun 75 million evro miqdorida tovon puli to‘lash kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, "Napoli"ga tegishli nigeriyalik futbolchi joriy mavsumda "Galatasaroy" safida to‘p tepmoqda. U 25 ta o‘yinda 21 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar