MYu transferidan "Siti" ulush oladi
"Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi tobora oydinlashib bormoqda.
Bugun The Times muhbiri Pol Xirts "asalarilar" va "Manchester Siti" o‘rtasida tuzilgan kelishuvga binoan, Sanchoning keyingi sotuvida "shaharliklar" 15 foiz ulush olishi haqidagi ma’lumotni ochiqladi. Xavbekning MYuga transferi Evropa matbuotida tilga olinayotgan 120 million evrolik summani tashkil qilsa, unda "Siti" 20 million evro atrofida qo‘shimcha daromad qiladi.
Italiyalik insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchi mankunianliklar bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolaydi va klubning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar qatoriga kiradi.

Fikrlar