MYu va "Chelsi" bir futbolchi uchun kurashmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Feliks Nmechening xizmatlariga APLning ikkita jamoasi qiziqmoqda. Bu haqida "Sky Germany" nashri ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 25 yoshli futbolchini "Chelsi" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. Xavbekning bu mavsumdagi o‘yinlari APL jamoalarini e'tiborini tortgan. Dortmundliklar Feliksni olib qolishni rejalashtirmoqda va u bilan shartnomani uzaytirishga umid qilayapti. Ammo Nmechening o‘zi APLda o‘ynashni istamoqda.
Germaniyalik futbolchining ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 45 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz. yarim himoyachi joriy mavsum "asal arilar" safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar