Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

MYu va "Liverpool" ispan yulduzi bilan muzokara boshladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Qiyin transfer

Transfer huquqlari «Atletiko» klubiga tegishli bo‘lgan 23 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi Pablo Barrios hozirda qator kuchli jamoalar diqqat markazida turibdi.

Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «Manchester Yunayted», «Liverpul» va  «Chelsi» klublari Barriosning ehtimoliy transferi masalasida «matraschilar» bilan aloqaga chiqqan. 

Angliya premyer-ligasi grandi klublarining qiziqishi yuqori bo‘lishiga qaramay, madridliklar Barriosni jamoaning boshlang‘ich tarkibidagi muqim o‘yinchi sifatida ko‘radi va  uni sotish niyatida emas.

«Atletiko» bilan yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Pablo Barriosning taxminiy bozor qiymati 70 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q