MYu va "Real Madrid" ispaniyalik yosh himoyachi uchun kurashadi

  • 11 fevral, 14:54
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bornmut"ning markaziy himoyachisi Din Xeysen yozgi transferlar oynasida grand klub tarkibiga o‘tishi mumkin. 

Tecno

Avvalroq, 19 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

"Diario Sport" nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" iste’dodli yosh futbolchi uchun "qaymoqranglilar" bilan raqobatlashishga tayyor.

Joriy mavsumda Xeysen barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi. Himoyachining "Bornmut" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi 18 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!