MYU va "Tottenxem" fransiyalik futbolchi uchun kurashadi

  • 04.01.2026 11:25
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Kristal Pэlas" forvardi Jan-Filipp Mateta APL grandlari nishoniga tushdi.

"TEAMtalk" nashri bergan xabarlarga koʻra, 28 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Biroq, "burgutlar" fransiyalik futbolchini qishki transferlar bozorida sotishni rejalashtirmayapti. Matetaning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning narxi 40 million yevroga baholangan.

Maʼlumot  uchun, strayker joriy mavsumda "Kristal Pэlas" safida umumiy 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!