MYu yangi transferni e’lon qiladi

  • 17.08.2020 21:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Monako” himoyachisi Benua Badiashile transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Manchesterliklar transferni shu hafta ichi rasmiylashtirishi mumkin. Ular 19 yoshli futbolchi uchun 30 million evroga yaqin mablag‘ to‘lashi kerak bo‘ladi.

Bu himoyachi uchun kurashda Sulsher jamoasi “Valensiya”, “Bayer” va “Renn” kabi klublarni ortda qoldirdi.

Benua o‘tgan mavsumda Frantsiya chempionatida 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!