MYu yanvarda Eriksenni sotib olmoqchi

  • 24 dekabr, 2019, 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi qishki transferlar davrida "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 27 yoshli daniyalik futbolchi uchun “shporlar”ga 44 mln evro to‘lashga tayyor.

Ta’kidlash kerakki, Eriksen uchun shuningdek “Yuventus” va “Real” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Eriksenning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. U joriy mavsum 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!