
MYu yozda 20 yoshli iqtidor egasini sotib olmoqchi
“Valensiya” markaziy yarim himoyachisi Karlos Soler Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.
“Qizil iblislar” 20 yoshli futbolchini yozda o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Solerning “ko‘rshapalaklar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan. Uning tovon puli esa 83 mln evroni tashkil etadi. Biroq “Valensiya” moliyaviy qiyinchiliklar sabab transfer summasini pasaytirishi mumkin.
Qayd etib o‘tish joiz, Soler bu mavsum La ligada 14 bahsda ishtirok etdi va 1 ta gol kiritib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar