
MYu yozda Sancho uchun 120 mln evro sarflashga tayyor
Dortmundning “Borussiya” klubi vingeri Jeydon Sancho faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.
The Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli angliyalik futbolchiga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqib qolgan. Mankuanliklar yozda ushbu futbolchining transferi uchun Dortmund klubiga naqd 120 mln evro taklif qilishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Sancho uchun da’vogarlar ro‘yxatida shuningdek PSJ va “Real” klublari ham bor.
Ma’lumot uchun, Sancho joriy mavsum “Borussiya” safida jami 36ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 18ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar