MYu yozda Sanchoni sotib olishiga ishonmoqda

  • 27.11.2019 18:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” xo‘jayinlari “Borussiya” Dortmund vingeri Jeydon Sanchoning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

The Telegraph nashrining yozishicha “qizil iblislar” yozgi transferlar davrida 19 yoshli ingliz futbolchisini sotib olishlariga ishonishmoqda. Ta’kidlash kerakki, Sancho uchun kurashda mankuanliklarga “Real” va “Liverpul” klublari jiddiy raqobat qilishlari mumkin.

Dortmundliklar esa Sanchoni 117 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Sancho joriy mavsum Bundesligada jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!