MЮ "Yuventus" yulduzini nishonga oldi

  • 01.02.2026 19:00
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" futbolchisi Kenan Yildizning xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Bu haqida ingliz OAVlari ma'lum qildi.

Manbada berilgan ma'lumotga koʻra, "qizil iblislar" turkiyalik vinger bilan hujum chizigʻini kuchaytirishni maqsad qilgan. MYu yozda Turin klubi bilan Yildizning transferi boʻyicha muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

20 yoshli futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 75 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha moʻljallangan.

Ma'lumot uchun, Kenan joriy mavsum Italiya klubi safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishdi. Shu bellashuvlarda u 9 ta gol kiritdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!