
MYu zo‘r futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzolamoqda
Frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba jamoadan ketish fikridan qaytib, manchesterliklar bilan yangi shartnoma imzolaydigan bo‘ldi.
“Manchester Yunayted”ning 27 yoshli futbolchi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi va klubda kelishuvni avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish huquqi bor.
Jamoaga Sulsher bosh murabbiy etib tayinlangunga qadar Pol Pogba klubni tark etishga harakat qilayotgan edi. Biroq, jamoada vaziyat yaxshilanmoqda va frantsiyalik futbolchi MYu bilan besh yillik shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi.
“Manchester Yunayted” Pogbani 2016 yilning yozida “Yuventus”dan 105 million evroga sotib olgan edi. Joriy mavsumda u 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar