MYu zo‘r narxga tajribali hujumchi sotib olmoqchi
"Kristal Pэlas" rahbariyati hujumchi Jan-Filipp Mateta bilan xayrlashishga tayyor. "Burgutlar" 28 yoshli fransiyalik futbolchining transfer narxini pasaytirdi.
Football Insider xabariga koʻra, "Kristal Pэlas" markaziy hujumchi uchun taxminan 35 million yevro olmoqchi. Ayni damda, Matetaga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. “Qizil iblislar” uning Angliya Premer-ligasidagi tajribasiga ishonishmoqda.
Mateta "burgutlar" safida 2022 yilning yanvaridan buyon toʻp surib kelmoqda. Klub va futbolchi oʻrtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2027 yilning yozida tugaydi.
APL joriy mavsumida Jan-Filipp 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.
Fikrlar