MYudagi o‘zbekistonlik futbolchi haqida bilasizmi? Yoxud legionerimizning dastlabki taassurotlari

  • 8 iyun, 2020, 22:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumda xorijda to‘p surayotgan legionerlarimiz yana bittaga ko‘paygandi. Gap Tailand chempionatiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Sardor Mirzaev haqida bormoqda. Farg‘onalik iqtidor egasi bir necha yil davomida “Lokomotiv” sharafini munosib tarzda himoya qilib keldi. Joriy yilda esa u Tailandning kuchli jamoalaridan biri – “Muangtong Yunayted” a’zosiga aylandi. Shu tariqa, hamyurtimizning faoliyatida yangi sahifa ochildi.

Tecno

 Biz 29 yoshli futbolchimizning u erdagi hayoti hamda faoliyati qanday ketayotgani bilan qiziqdik. Shu sababli Sardor avvaliga yangi mamlakatga moslashish jarayoni haqida so‘z yuritdi.

-  Tailandda vaziyat ancha yaxshi. Oilam bilan shu erdaman. Klub bizga hamma sharoitlarni yaratib bergan. 12 sentyabrdan mavsum boshlanadi, bu borada chempionatda yangi tizim yaratishmoqchi. Bu erda chempionat to‘xtagach, orada ikki haftacha shug‘ullanmadik xolos. Hozirda mashg‘ulotlarda astoydil ishlayapmiz. Haftada besh kun shug‘ullanamiz va ikki kun dam beriladi. Endi iyul oyigacha tanaffus berildi. Undan so‘ng chempionatgacha yana yig‘in boshlanadi. Umuman olganda, Tailand sharoitiga moslashib qolganmiz.

Mirzaev faoliyatida ilk bor legioner maqomida to‘p surish baxtiga muyassar bo‘lmoqda. Yuqorida aytganimizdek, “Muangtong Yunayted” Tailandning etakchi jamoalaridan biri hisoblanadi. Xo‘sh, hamyurtimizning u erga ketishi qanday yuz berdi? Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, Mirzaevda yana boshqa takliflar ham yo‘q emasdi. Shularni inobatga olgan holda, hamyurtimiz dastlab nima uchun “Loko”dan ketgani va MYuni tanlagani haqida gapirdi.

-  To‘g‘ri, menda yana boshqa variantlar ham bor edi. Lekin aniq bir jiddiy chorlovlar emasdi. O‘zimizda yangi mavsum yaqinlashib qolgani bois yana “Lokomotiv”da faoliyatimni davom ettirishim aniqroq edi. Ammo keyin kutilmaganda Tailanddan taklif bo‘lib qoldi. Bunday holatda o‘ylab o‘tirishga ham vaqt yo‘q edi va men rozilik bildirdim. Koreyalik agent menga aloqaga chiqdi va u erda meni o‘sha agent kutib oldi. So‘ng klub rahbariyati bilan uchrashdik va barchasini kelishib olgan holda shartnoma tuzdik. “Lokomotiv”dan ketishim esa unchalik qiyin bo‘lmadi. Rahbariyat meni osonlikcha qo‘yib yubordi. Chunki bungacha ular bilan agar chetdan aniq taklif bo‘lsa, ketishimga ruxsat berishlari borasida og‘zaki kelishuvimiz bor edi. Bu borada ularga minnatdorlik bildiraman.

sardor mirzaev4

Shu bilan birga Sardor yangi jamoasi safida 10-raqamda to‘p surmoqda. Legionerimiz uchun raqamning qanchalik ahamiyati bor? Umuman olganda, bu raqamni futbolchimizning o‘zi tanladimi yoki klubdagilar berishdimi? Quyida shu masalaga oydinlik kiritadi.

-  Raqam haqida gapiradigan bo‘lsam, buni menga klubdagilar berishdi. Ilgari bu jamoada 10-raqam ostida terma jamoaning etakchi futbolchilaridan biri o‘ynagan ekan. Hozir u Yaponiyada to‘p suryapti. Yangi jamoamdagilar esa kuchli o‘yinchilar 10-raqamda o‘ynashadi, sen ham shunga loyiqsan, deb menga ishonib topshirishdi. Klubning mendan umidi katta. Xudo xohlasa, ularning ishonchini oqlayman. O‘zimga ham 10-raqam ostida to‘p surish yoqadi.

Har qanday futbolchi xorijda o‘ynayotganidan keyin legioner sifatida unga bo‘lgan talab va e’tibor mahalliy o‘yinchilardan ko‘ra kuchliroq bo‘ladi. Mirzaevning Tailandga ketishidan asosiy maqsad nima? Yangi chempionatda o‘ynab nimaga erishmoqchi? Sardor bu borada gapirar ekan, maqsadlari to‘g‘risida fikr bildirdi.

-  To‘g‘ri aytyapsiz, har bir futbolchining xorijda legioner maqomi ostida to‘p surish maqsadi bo‘ladi. Shu yoshga kirib menga ham chetda o‘ynash nasib qildi. Endi bu erda o‘zimni yanada yaxshiroq ko‘rsatib, Yaponiya, Janubiy Koreya yoki boshqa yanada kuchliroq chempionatlarga ketishga harakat qilaman. Tailand chempionati boshlanib qolsa, bu erdan boshqa mamlakatlarga ketish imkoniyati ko‘proq ekan. Olti yil “Lokomotiv”da o‘ynaganim bois, endi menga ham yangi chaqiruv kerak edi. Ya’ni, yangi jamoaga o‘tish orqali menga ham yangi motivatsiya kerak edi. Hali men uchun hech nima kech emas, bundan keyin ham o‘sishga harakat qilaman. Lekin to‘g‘ri aytyapsiz, legioner bo‘lib kelinganidan keyin buning mas’uliyati yanada kuchli bo‘lar ekan. Bu holatni endi sezib turibman.

sardor mirzaev3

Baribir hamyurtimiz uchun bu yangi mamlakat va yangi klub hisoblanadi. Tabiiyki, moslashish uchun vaqt kerak. Bu borada esa unga yangi jamoadoshlari bilan yaxshi til topishib olishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zaro muloqot davomida Mirzaev jamoadoshlari bilan munosabati, yaqin do‘sti va boshqa legionerlar xususida ham gapirdi.

-  Yangi jamoadoshlarim bilan tezda til topishib ketdim. Tailandlik futbolchilar ham yaxshi ekan. O‘zimiznikilarga o‘xshagan ochiqko‘ngil yigitlar. Jamoamizda uch nafar braziliyalik legionerlar bor. Markaziy Osiyodan birgina men. Shuningdek, Sharqiy Osiyodan ham yana uch nafar o‘yinchilari bor. Jamoamiz darvozaboni esa vetnamlik. Uning onasi rossiyalik, otasi esa vetnamlik. U rus tilini bilgani bois o‘sha bilan tez-tez gaplashib turaman. Bir so‘z bilan aytganda, hamma futbolchilar bilan yaxshi munosabatdaman.

mirzaev

Tailand futboli bilan O‘zbekiston futbolini solishtirganda qanchalik farqlar ko‘zga tashlanishi mumkin? O‘z navbatida legionerimiz u erda o‘zimiz uchun o‘rnak olishimiz mumkin bo‘lgan jihatlar haqida so‘z yuritdi.

-  O‘tgan safar ham mendan shu haqida so‘rashgandi. Tailandda o‘rnak oladigan sifati shundaki, marketing, homiylar bilan ishlash, teletranslyatsiya borasida ishlar ancha yaxshi. Tailand chempionatida VAR tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. To‘g‘risi, sharoitlari biznikidan ko‘ra ancha kuchli. To‘g‘ri, O‘zbekistonda futbolchilarning sifati yaxshiroq, ammo bu erda ham futbol o‘sib boryapti. Legionerlari kuchli, futbolga e’tibor ham ortib boryapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sirojiddin Boboqulov
08/06/2020 22:59
МЮ демасдан нормальный йозсела бумайдими
Яшин Рузметов
09/06/2020 22:05
Obunachilarga gʻamxoʻr boʻling ???????? shu joyini qayta qayta oʻqisangiz tushunasiz
Яшин Рузметов
09/06/2020 22:02
Sport ni oʻzida shunday piar qilsa yarashar balkim
Lekin bu jurnalistika sohasida bunday qarorlaringiz nooʻrin ! Kechirasiz-u bu ketishda oʻquvchilarni yoʻqotib boraverasiz
Sizga shaxsiy va doʻstona fikrim: men sportning deyarli barcha turlarini muntazam ravishda kuzatib boraman va undagi voqeliklarni matbuot da qanday yangrashini, jurnalist sarlavhasi qanday boʻlarkin, Hayrulla Hamidov, Davron Fayziyev kabi mavzuga oʻta mos soʻzlarni topa olarmikin ??? ...ana shu kabi oʻquvchining talabini qondira oladigan maqola yoki yangilik boʻlsa, oʻqib xumordan chiqsam-da maza qilsam bu silarga "+ +" boʻladi. Aks holda shu yoʻsindan ketaversangiz menda sizlarga boʻlgan eʼtibor susayib, rus matbuotini kuzatishim oshib boraveradi ! Gap bu yerda meni til bilishim va sizni "ee bu oʻzi bittagina obunachi holos ku bu obunachini yoʻqotsak ertaga yana bittasi qoʻshiladi..." degani emas. Gap oʻz ona tilimizga boʻlgan hurmat! Undagi zavq boshqacha, oʻqilishida, mazmunida, ohangida... Oʻz ona tilingizga va oʻz obunachilaringizga GʻAMXOʻR boʻling !!! Biz duoda boʻlaylik
Sogʻ boʻling!
Дилшод Даврлнов
09/06/2020 09:50
Ахмок калланга к....м Одамларни АЛДАМАСДАН тугри ёзсанг булмаедими М.Ю да эмиш Таиланд деб ёз Гадоедан баттар экансанлар Булани назорат киладиган борми
Шерзодбек Вохидов
09/06/2020 02:02
Menimcha bularni puli qomagan
Umidjon Nurov
09/06/2020 01:30
Sanlarni ishing yangilik yetkazishmas pul ishlash bóp qopti xolos endi bunisi oshib tushdi piardan boshqa yana nima hunarlariz bor shu sarvlavhani qóyayotgan odam odamlani aldayotganini sezdimikin bu birinchisimas bóldi endi narmalniy ishlash kerak odamlani aldab pul topishni keragi yóq tóģrigina Tailandda tópsurayotgan yurtdoshimiz haqida yoki shunga óxshash biron sarlavxa qóysa bóladi ózbekmiz bizga har bir legionerimizni taqdiri qiziq tóģri yozilsayam biz kirib óqiymiz shu mawolani buning uchun piar qilish keremas shunga etibor berilar!!!
&
Mansurbek
09/06/2020 00:31
Odamni yuragini yorasizlara sarlavhani boshqacha qo‘ymapsizlar????