
MYuga Sanchoning o‘rniga undan zo‘rini taklif qilishdi
Sky Sports kanalida ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Garri Nevill sobiq jamoasi “Manchester Yunayted”ga zo‘r futbolchi topib berdi.
Tajribali mutaxassis manchesterliklarga “Uotford” tarkibida zo‘r o‘yin ko‘rsatayotgan Ismoil Sarrni olishni taklif qilmoqda. Bu futbolchi Sulsherning armoniga aylanib borayotgan Jeydon Sanchoning o‘rnini bosishga qodir ekan.
- “Manchester Yunayted”ga o‘ng qanot futbolchisi zarur. Sarr – katta iste’dod sohibi. Nimalarga qodirligini isbotlab bo‘ldi. Transfer bozorida uning xaridori ko‘p bo‘ladi, - dedi Nevill.
“Uotford” Ismoil Sarrni o‘tgan yili “Renn”dan 25 million funt evaziga olib kelgan edi. Futbolchi 26 ta uchrashuvda beshta gol va shuncha golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar