
MYu "Chelsi"ni dog‘da qoldirishi mumkin
"Manchester Yunayted" "Birmingem Siti" yarim himoyachisi Jud Bellingxem uchun kurashda etakchi bo‘lib qolmoqda.
DailyStar nashri xabariga ko‘ra, 16 yoshli futbolchining mankunianliklar mashg‘ulotlar bazasiga tashrifi "Chelsi" va "Borussiya"dan bildirilayotgan takliflarga rad javobi bilan yakunlanishiga olib kelishi mumkin.
Ayni damda Chempionship klubi safida to‘p surayotgan universal futbolchi hujumkor yarim himoya, qanot hujumlarida va tayanch yarim himoya chizig‘ida birdek o‘ynay olishi bilan ko‘plab klublar e’tiboriga tushdi.
Fikrlar