Myuller 3 yillik tanaffusdan so‘ng yana gol urdi

  • 8 iyun, 2021, 09:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Latviyani 7:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Uchrashuvning 27-daqiqasida tajribali yarim himoyachi Tomas Myuller tomonidan himoyachi Robin Gosensning uzatmasidan unumli foydalanib raqib darvozasini ishg‘ol qildi. E’tiborlisi, bu Myullerning Bundestim safida so‘nggi 3 yil ichida kiritgan yagona goli bo‘ldi.

Tomas so‘nggi marta 2018 yilning mart oyida Germaniya terma jamoasi safida gol urgan edi. O‘shanda nemislar Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etgan.

Tomas Myuller yakunlangan mavsum “Bavariya” safida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 16 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!