Myuller "Bavariya"dan ketmoqchi. U norozi bo‘lmoqda
"Bavariya" klubi hujumchisi Tomas Myuller jamoadan ketishi mumkin.
Myuller jamoadoshlariga o‘yin amaliyoti kamlik qilayotganidan norozi ekanligini bildirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshli hujumchi "Bavariya"dagi kelajagi borasida bosh qotirmoqda. Agarda u maydonga tushishi hozirgi kabi kam bo‘laversa, jamoani tark etish ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Myuller joriy mavsumda 7 ta bahs o‘tkazdi (3 ta asosiy tarkibda, 4 ta zahiradan maydonga tushish) va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar