Myuller "Bavariya"dan norozi
"Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller jamoadan norozi ekanligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, klub raxbariyati unga hamon shartnomani uzaytirish borasida taklif yubormagan.
"Klub vakillaridan hech kim men bilan bu borada bog‘lanmadi. Ular menga hali taklif jo‘natmadi. Ko‘ramiz, kelajakda meni nima kutyapti ekan?!", - deydi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli nemisning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakunlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Tomas Myuller joriy mavsum Bundesligadagi 20 uchrashuvda 6 gol va 18 assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar