Myuller butun Evropani o‘ziga qaratdi

  • 24.05.2020 12:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bugungi kunda Evropada eng ko‘p assistni amalga oshirayotgan kimligi ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak.  Chunki futbolda ba’zan gol urishdan ko‘ra, jamoadoshini golli pas bilan ta’minlash ko‘proq qadrlanadi.

“Bavariya” hujumchisi Tomas Myullerning statistikasiga qarasangiz, urgan gollaridan ko‘ra, golli paslarining soni ancha ko‘p. Bundesliganing 27- turida nemis futbolchisi Leon Gorettskini qulay pozitsiyaga chiqarib, mavsumda 17-assistini amalga oshirdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Tomas Myuller “Borussiya” etakchisi Jeydon Sancho va “Manchester Siti” vakili Kevin de Bryuynedan o‘zib ketdi hamda kuchli beshlik chempionatlarida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

 “Aynraxt”ga qarshi o‘yinning 41-daqiqasida Tomasning o‘zi ham gol urishga erishdi.

Super hujumchi mana shunaqa bo‘ladi!

Sanchodan bir juft rekord

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!