Myuller Messisiz "Barselona" qanday bo‘lishini aytdi
Ertaga "Barselona" Evropa Chempionlar ligasi doirasidagi bahsda o‘z maydonida "Bavariya"ni qabul qiladi. Mazkur o‘yin oldidan myunxenliklar etakchisi Tomas Myuller "ko‘k-anorranglilar"ning holatiga to‘xtalib o‘tdi:
"Kamp Nou"da bo‘ladigan mehmondagi bahs. Bundan ortiq nima bo‘lishi mumkin.
To‘g‘risini aytsam, men "Barsa"ni muhokama qila olmayman. Endi ular Messisiz va bu butunlay boshqa jamoa bo‘ladi", - dedi germaniyalik yarim himoyachi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘yin 14-dan 15 sentyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar