Myuller XXI asrda Bundesligada hech bir futbolchi uddalay olmagan ishni qildi

  • 10.11.2019 15:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor kecha Bundesliganing 11-turida “Bavariya” o‘z maydonida “Borussiya” Dortmund klubini qabul qildi va 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu kuni uchrashuvdagi gollarning biriga Tomas Myuller assistentlik qildi. E’tiborlisi, bu 30 yoshli germaniyalik futbolchining Bundesligadagi 100-assisti bo‘ldi va u XXI asrda bunday natijaga erishgan birinchi futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvda dubl qayd etgan “Bavariya”ning boshqa bir futbolchisi Robert Levandovski afsonaviy Gerd Myullerning 51 yil oldin o‘rnatgan rekordini yangilagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!