
MYuning ikki futbolchisi o‘ziga ish qidiryapti
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher darvozabon Serxio Romero va himoyachi Fil Jonsni Angliya premer-ligasi qaydnomasidan chiqarib tashladi.
Bu ikki futbolchi Evropa chempionlar ligasi ro‘yxatiga ham kiritilmagan edi.
Serxio Romero klub uni chempionat qaydnomasidan chiqarib tashlaganini ijtimoiy tarmoqlardan bilgan. Darvozabon rahbariyati uni shaxsan ogohlantirmaganidan norozi bo‘lmoqda.
Avvalroq, argentinalik darvozabon ijara asosida “Everton”ga o‘tmoqchi edi. Lekin manchesterliklar uni to‘liq sotib yuborish uchun 8 million evro talab qilib, transferni barbod qildi.
Fikrlar