
MYuning ikkita yashirin quroli bor
“Manchester Yunayted”da ikki nafar zo‘r hujumchi o‘zini ko‘rsata boshladi. Ular hozircha o‘rinbosarlar tarkibida nimalarga qodirligini namoyish qilib kelmoqda.
Angliya premer-ligasi jamoalarining o‘rinbosarlari o‘rtasidagi musobaqada “Manchester Yunayted”ning yangi futbolchisi Amad Diallo ilk uchrashuvini o‘tkazdi. 18 yoshli ivuarlik hujumchi birinchi o‘yinida “Liverpul” darvozasiga bir juft gol urdi.
Manchesterliklarning yana bir hujumchisi – 17 yoshli Jo Xyujill “Liverpul” yoshlari darvozasini to‘rt marta ishg‘ol qildi. Bahs manchesterliklarning 6:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ma’lumki, “Manchester Yunayted” Dialloni “Atalanta”dan 25 million evroga xarid qilgandi. Agar Amal yangi klubida muvaffaqiyatli o‘ynab ketsa, bergamoliklar yana 15 million evroni bonus sifatida qabul qilib oladi.
Fikrlar