
MYuning zaxirasida "chiriyotgan" futbolchi yangi klub qidirmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata qishki transfer vaqtida jamoasini o‘zgartirmoqchi, deya yozmoqda "Manchester Evening News".
Manbaning xabariga ko‘ra, Mata o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotganidan norozi va o‘ziga yangi klub qidirmoqda.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik futbolchi joriy mavsum APL doirasida birorta o‘yinda maydonga tushmadi. U bor yo‘g‘i Angliya Liga Kubogidan o‘rin olgan "Vest Xem"ga qarshi uchrashuvda harakat qildi.
Fikrlar