Nacho Fernandes: TsSKAga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat bu - adolatsiz natija

  • 3 oktabr, 2018, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klub himoyachisi Nacho Fernandes kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida TsSKAga (1:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Biz bunday o‘yinni kutmagandik. Biz o‘zimizga ishonamiz, garchi kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng bu ishonch biroz kamaygan bo‘lsada.

Mag‘lubiyat adolatsiz natija bo‘ldi. Chunki, jamoa borini berib o‘ynadi.Ayniqsa, barcha vaziyatlar darvoza ustuniga tegib qaytgach buni qabul qilish juda qiyin.

Chempionlar ligasi endigina boshlandi va shunday ekan bizni oldinda uzoq yo‘l kutmoqda.

Krishtianu Ronalduning ketishi? Biz nima ham qila olardik? Ketishni uning o‘zi xohladi. Biz o‘tgan davr mobaynida unga klub oldida qilgan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - deydi Nacho.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!