Nadal: Bir nechta jihatlarimni yaxshilashim kerak

  • 18 sentabr, 2020, 15:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal 21 sentyabr - 11 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Frantsiya ochiq chempionatiga tayyorgarlik haqida gapirdi:

Tecno

"Men "Roland Garros"da raqobatbardosh bo‘lish uchun bir nechta jihatlarimni yaxshilashim kerak. Bunga erishishning yagona yo‘li - ishtiyoq bilan mashq qilish, ishlash va Parij oldida imkon qadar ko‘proq o‘yin o‘tkazish. Rimdagi turnirni yaxshi boshladim va g‘alaba uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdim.

Men hech qachon Rimdagi turnirni boshqa musobaqalarga tayyorgarlik, deb qabul qilmaganman. Bu tennis uchun eng muhim voqealardan biri va men har doim bu erda muvaffaqiyatli chiqish uchun harakat qilaman. Vaziyat juda murakkab, ammo men qo‘limdan kelganicha harakat qilishga harakat qilaman », - deya Nadal so‘zlarini keltirmoqda "Tennis World USA".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!