
Nadal germaniyalik raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
Jahonning ikkinchi raqamli raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal Frantsiya ochiq chempionatining ikkinchi davrasidan o‘rin olgan uchrashuvda o‘z o‘yinini o‘tkazdi. Qur’aga ko‘ra, bu bosqichda unga germaniyalik Yannik Maden raqiblik qildi.
Tajriba va mahorat bobida ancha ustun bo‘lgan ispan tennischisi Madenga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va uch setda 6:1, 6:2 va 6:4 hisoblarida ustun keldi. 2 soat 9 daqiqa davom etgan mazkur qarama-qarshilik tennischilar o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv bo‘ldi.
Fikrlar