
Nagatomo katta ehtimol bilan Osiyoga qaytadi
"Galatasaroy" himoyachisi Yuto Nagatomo katta ehtimol bilan ushbu yozda jamoani tark etadi.
Yaponiyalik futbolchiga BAAning "Al Nasr" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Dubay klubi 33 yoshli futbolchiga katta mablag‘ ajratishga tayyor, futbolchining o‘ziga hozirgidan ancha yuqori bo‘lgan maosh bilan shartnoma taklif qilmoqchi.
Nagatomo Turkiya chempionatining joriy mavsumida 15 ta bahs o‘tkazib, bitta gol urishga erishdi.
Fikrlar