Nagelsman "Bavariya"ga olib kelmoqchi bo‘lgan futbolchi kim?

  • 1 mart, 2022, 20:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi “Bayer”ning o‘ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpongga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Sport1.de.

Tecno

Manbaga ko‘ra, myunxenliklar bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanning shaxsan o‘zi 21 yoshli futbolchini sotib olishni talab qilmoqda.

Ushbu pozitsiyaga muqobil variantlar sifatida esa Bote Baku (“Volfsburg”) va Serjino Dest (“Barselona”) ko‘rilmoqda.

Jeremi Frimpong joriy mavsum "Bayer" tarkibida barcha turnirlarda jami 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning leverkuzenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!