Nagelsmann jahon chempionatida qaysi darvozabon o‘ynashini hal qildi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann 2026 yildgi jahon chempionatida qaysi darvozabon asosiy darvozabon bo‘lishini hal qildi - bu “Xoffenxaym”dan Oliver Baumann, deb xabar beradi Kicker.de nashri.
"Manuél Noyer terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Menimcha, u hali ham juda yaxshi o‘ynaydi, u ajoyib darvozabon, lekin Oliver Baumann siymosida bizda yaxshi darvozabon ham bor. Agar Oli bundan keyin ham hozirgidek yaxshi formada bo‘lsa, unda ajoyib jahon chempionati bo‘ladi. Darvozabonning pozitsiyasi borasida menda hech qanday xavotir yo‘q", - dedi Nagelsmann.
Eslatib o‘tamiz, Baumann terma jamoada Noyernig o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan Mark-Andre ter-Shteganning jarohati fonida Germaniya terma jamoasida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Nagelsmann "Barselona" posboni haqida gapirdi.
"Ter Shtegen uchun bu fojiali holat. Terma jamoadagi tarixiga qaraganda, endi uning o‘ynash navbati keldi. Kitob hali yopilmagan, ammo u terma jamoaga qaytishi juda qiyin bo‘ladi. Biz nafaqat bu tanaffusni, balki undan oldingi davrni ham hisobga olishimiz kerak. U deyarli bir yil umuman o‘ynamadi", - deya xulosa qildi germaniyalik murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Nagelsmann jamoasi jahon chempionati guruh bosqichida Kyurasao, Kot-d’Ivuar va Ekvadorga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar