
Nagelsmanning iste’fosi "Bavariya"ga qanchaga tushdi?
"Bavariya" Nagelsmann bilan amaldagi shartnomani bekor qilib, murabbiyni o‘z ishidan ozod qildi. Uning o‘rniga klubni endilikda Tuxel boshqaradi.
"Bild" nashri xabar berishicha, Yuliandan tashqari uning yordamchilari ham jamoani tark etadi. "Bavariya" Nagelsmann va uning sheriklariga yangi klub topilgunicha oylik maoshni yoki tovon pulini to‘lashi talab qilinadi. Qisqa qilib aytganda, nemislarga bu iste’fo 30 million evroga tushishi mumkin.
Nagelsmann tezda yangi jamoada ishlash niyati yo‘q. U ozgina ishsiz yurmoqchi. Sababi, mutaxssis "Bavariya"ning ushbu qaroridan hayratda. Bu haqda Fabritsio Romano yozdi.
Fikrlar