Nainggolan: "Roma" "Yuventus"dan kuchsiz emas
Rimning "Roma" klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan kecha A Seriyaning 17-turida safarda "Yuventus"ga qarshi (1:0) bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu juda alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. Boisi, biz bugun raqibga nisbatan yomon o‘ynamadik va "Yuventus"dan kuchsiz emasligimizni barcha ko‘rdi. Faqat bitta aniq zarba o‘yin taqdirini hal qildi. Burchak zarbalaridan so‘ng bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi, ammo, to‘p darvozaga kirishni istamadi. Bu o‘yinda durang adolatli natija bo‘lar edi.
"Yuventus" bilan o‘rtadagi 7 ochkolik farq yo‘q bo‘lishi uchun turinliklar 3ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashlari kerak. Bu esa juda qiyin masala. Ammo, biz ishonishda davom etamiz", - deydi "Roma" futbolchisi.
Fikrlar