
Najmiddin Qosimxojiev "Combaxx Asian Open Taekwondo Championships" musobaqasi ikki karra chempioniga aylandi
Shu kunlarda Pokistonning Islomobod shahrida V "Combaxx Asian Open Taekwondo Championships" nufuzli musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Quvonarlisi, musobaqaning kyorugi yo‘nalishida o‘tkazilgan ilk bahslarda milliy terma jamoamiz a’zosi Najmiddin Qosimxojiev -74 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etdi va barcha raqiblaridan ustun kelgan holda, turnir chempioniga aylandi.
Ahamiyatlisi, mazkur g‘alabasi orqali Najmiddin ushbu nufuzli musobaqaning ikki karra chempioniga aylandi.
O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar