Nani: "Ronaldu 2030 yilda Jahon chempionatiga bormoqchi"

  • 13.12.2024 15:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yaqinda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan Liush Nani 2030 yilda Ispaniya, Portugaliya va Marokashda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga Krishtianu Ronaldu ham ishtirok etishini hazil tariqasida aytdi.

"Ronaldu 2030 yilgi jahon chempionatida o‘ynash uchun maxsus parhez qilishini boshlaydi",-deb kulib gapirdi sobiq futbolchi.

Ayni damda 39 yoshli forvard Saudiyaning "An-Nasr" klubi safida to‘p surmoqda. Joriy mavsum Krishtianu Riyod klubi safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!