Nani va Pyanichni oʻz safiga qoʻshib olgan qozogʻ klubi yana bir yulduzni nishonga oldi

  • 19.01.2026 17:53
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Qozog‘istonning "Aktobe" klubi Jahon futboli yulduzlarini sotib olish ishlarini boshlab yubordi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston klubi "Barselona", "Yuventus", "Lion" va "Roma" klublarida to‘p tepgan bosniyalik yarim himoyachi Miralem P’yanichni o‘z safiga qo‘shib olmoqda. Bundan tashqari "Bavariya" afsonasi Tomas Myuller bilan ham muzokaralar olib borildi.  

Endilikda "Aktobe" jamoasi Rossiya terma jamoasining sobiq sardori Fyodor Smolovga qiziqish bildirmoqda. Jamoa rossiyalik futbolchini hujum markazida asosiy figura sifatida ko‘rmoqda. 

Ma’lumot uchun, "Aktobe" Qozog‘iston chempionatida 26-turdan so‘ng 5-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!