Naoya Inoueni kim to‘xtata oladi?
Toʻrt vazn toifasida sobiq jahon chempioni Nonito Doner yaponiyalik Naoya Inoueni magʻlub eta oladigan bokschi kimligini aytdi.
"Texnik mahorat va uslub jihatdan Jessi Rodriges Inoueni yenga oladi. Unda barcha kerakli koʻnikmalar mavjud. Biroq uning kichik boʻyi katta kamchiligi boʻlishi mumkin. Chunki kichkina gaborit bilan Naoyadek raqibga qarshi harakat qilish qiyin", – deya Donerning soʻzlarini keltirdi "The Ring" nashri.
Eslatib oʻtamiz, Jessi Rodrigues prof boksda 23 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan (16 tasi muddatdan avval). 33 ta bahsda zafar quchgan Inoue ham hali beror marta magʻlubiyat alamini totib koʻrmagan.

Fikrlar
Хасанбой Дусматов ё Олимжон Назаровлар наояни тухтатиш уёкда утиргизиб куйишади